Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federasiyasidagi mehnat migrantlari o`rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani, unda O`zbekiston fuqarolari bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, mushtlashuv joriy yil 8 fevral kuni Moskva viloyatidagi “Wildberries” omborxonasida bir guruh ishchi va qo`riqchilar o`rtasida yuz bergan.
Mahalliy polisiya xodimlari taqdim etgan ma`lumotlarga ko`ra, ushbu ommaviy mushtlashuvda O`zbekiston fuqarolari ishtirok etmagan.






