Kecha, 9 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O`zbek tili va adabiyoti universitetida Alisher Navoiy tug`ulgan kuniga bag`ishlab diskoteka uyushtirilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan "Milliy tiklanish" DP Markaziy kengash raisi Alisher Qodirov munosabat bildirdi.
"Bunday to`da bazmni Navoiy haykali poyida o`tkazilishi - ma`naviy jinoyat ekanligiga shubha yo`q, amaldagi qonunchilikka ko`ra ma`muriy huquqbuzarlikdir", — dedi Alisher Qodirov.
Shuningdek, "Milliy tiklanish" raisi bu ish MJtKning 64-moddasiga 1-qo`shimcha bilan jarimaga tortilishini, jarimaning arzimasligini, ammo, jamoatchilikning munosabati hal qiluvchi masala ekanligini qo`shimcha qildi.
"Biz Navoiyni tushunmayapmiz deb qayg`urayotgan bir vaqtda, aslida biz Navoiyni mazax qiliq darajasida manqurtlashib ketibmizmi?", dedi Qodirov.






