Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi maktabda o`quvchilar hijobini echtirish topshirig`i berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi bu bo`yicha ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi va soha mas`ullari nazoratiga olingan. O`rganishlar yakuni yuzasidan batafsil axborot beriladi.
“Umumiy o`rta ta`lim maktab (DMTT)lari o`quvchi (tarbiyalanuvchi)laridan majburiy tartibda hijobni echishi, sug`urta to`lovlariga jalb etilishi (pedagog o`qituvchilarga ham tegishli) haqida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi tomonidan biror-bir topshiriq berilmaganini ma`lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.






