Jiu-jitsu bo`yicha jahon chempioni Roman Torexanov Qozog`iston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbari o`rinbosari va mamlakat prezidentining xavfsizlik xizmati rahbari etib tayinlandi.
Ilgari Prezident xavfsizlik xizmatini hozirda Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlangan Chingiz Arinov boshqargan.
41 yoshli Roman Torexanov 2016 yilning aprel oyida Braziliya jiu-jitsusi bo`yicha professionallar o`rtasida 94 kilogramm vazn toifasida, shuningdek, mutlaq vazn toifasida jahon chempioni bo`lgan.
Braziliya jiu-jitsusi – jang san`ati va xalqaro jangovar sport turi bo`lib, uning asosini quruqlikdagi janglar hamda og`riqli va bo`g`uvchi usullar tashkil etadi.






