AsosiyJamiyat

Endi o`zbekistonliklar Ozarbayjonga vizasiz borishi mumkin

'Endi o`zbekistonliklar Ozarbayjonga vizasiz borishi mumkin'ning rasmi

O`zbekiston va Ozarbayjon o`rtasida fuqarolarning vizasiz safar qilishlariga oid bayonnoma kuchga kirdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur bayonnoma 2023 yil 22 avgustda Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida imzolanib, 2024 yil 15 yanvarda kuchga kirdi.

Ushbu bayonnoma ikki respublika fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bo`lib, O`zbekiston va Ozarbayjon hududiga kirish/chiqish, tranzit o`tish va 15 kun muddatga o`zlari bo`lib turgan davlatning vakolatli organlarida ro`yxatdan o`tish majburiyatidan ozod etilishi belgilandi.

 

    Boshqa yangiliklar