Endi ayollar ham katta sig`imli avtobus va elektrobuslarni boshqarish huquqiga ega bo`ldi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Hukumatning 2018 yil 31 maydagi 408-son qarorining 2-ilovasi 27-bandi hamda 3-ilovasi 5-bandi o`z kuchini yo`qotdi.
Shu tariqa ayollarga quyidagi yo`nalishlar bo`yicha mehnat faoliyatini olib borish uchun huquqiy asos yaratildi:
- yuk ko`tarishi 2,5 tonnadan ortiq bo`lgan yuk avtomobillarini boshqarish;
- yo`lovchilarning soni 14 kishidan ortiq bo`lgan avtobuslarni boshqarish.
Eski normalarning bekor qilinishi bilan ayollarga qo`shimcha kasb va sohalarda mehnat faoliyatini olib borishi uchun huquqiy asos mustahkamlandi. Shuningdek, transport sohasida gender tenglikni ta`minlash va katta sig`imli avtobuslarni (elektrobus) boshqarishga ayollarni jalb etish imkoniyati yaratildi.






