AsosiyDunyo

Dunyo bo`ylab urushlarga17 trillion dollar sarflandi

'Dunyo bo`ylab urushlarga17 trillion dollar sarflandi'ning rasmi

2023 yilda dunyo bo`ylab urushlar va harbiy mojarolarga kamida 17 trillion dollar sarflangan. Bu  Ukrainaning deyarli 200foiz  byudjetiga to`g`ri keladi. Agar urush xarajatlari bo`lmaganida, bu mablag`lar insoniyat farovonligiga, xususan, ta`lim va sog`liqni saqlash sohalariga yo`naltirilgan bo`lar edi.

12 fevral kuni  Dubayda Global birdamlikni mustahkamlash va insoniyat hayotini yaxshilash uchun hukumatlar kelajagini shakllantirishga qaratilgan Butunjahon hukumat forumi ish boshladi. 

Unda BAA Vazirlar Mahkamasi ishlari vaziri Muhammad Abdulla Al Gergaviy dunyodagi urush xarajatlari haqida gapirdi. 

"Masalan, bu mablag`ni ochlik va savodsizlikni bartaraf etishi, saraton kasalligiga qarshi kurashni qo`llab-quvvatlashi va insoniyatni toza suv bilan ta`minlashi mumkin edi. Tasavvur qiling-a, agar biz insoniyat oldida turgan boshqa muammolarni hal qilishga ko`proq mablag` sarflasak, nimalarga erishish mumkin edi", - dedi Muhammad Abdulla Al-Gergovi. 

Dubayda bo`lib o`tayotgan uch kunlik sammitda insoniyatga ta`sir etuvchi global muammolar, jumladan, harbiy mojarolar, iqlim o`zgarishi, sun`iy intellekt va iqtisodiy o`sish muhokama qilinadi. 

Butunjahon hukumat forumi sammitida 25 dan ortiq dunyo etakchilari, 140 hukumat delegasiyasi va 85 xalqaro tashkilot ishtirok etmoqda. 

    Boshqa yangiliklar