AsosiyJamiyat

Toshkent havosi ifloslanish bo`yicha dunyoda kuchli uchlikda

'Toshkent havosi ifloslanish bo`yicha dunyoda kuchli uchlikda'ning rasmi

13 fevral holatiga ko`ra, Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi bo`yicha jahonda uchinchi o`rinni egalladi. Bu bo`yicha ma`lumotlar real vaqt rejimida faoliyat yurituvchi IQAir portalida ma`lum qilindi.

Bildirilishicha, poytaxtdagi PM2.5 konsentrasiyasi hozirda JSST tavsiya qilgan yillik o`rtacha havo sifatidan qariyb 28,4 baravar yuqori ko`rsatkichni ko`rsatmoqda. Havo ifloslanishining bunday darajasi o`ta zararli deb baholanib, bu kabi ob-havoda astma kasalligi borlar, qariyalar va bolalar tashqarida tibbiy niqob taqishi, imkon qadar ochiq havodagi mashg`ulotlarini kamaytirishi, uyda bo`lganida derazalarni yopishi tavsiya etiladi.

Prognozlarga ko`ra, Toshkent havosining ifloslanish ko`rsatkichi 11-12-13 fevral kuni eng yuqori, 196 havo sifati indeksini ko`rsatadi. Qolgan kunlari ifloslanish darajasi biroz pasayishi kutilmoqda.

Mutaxassislar shahar havosining ifloslanishiga avtomobillarning haddan tashqari ko`pligi, eski modeldagi mashinalar havoga ko`proq zararli moddalar chiqarishi, shuningdek, fabrikalar, zavodlar, sanoat hududlari hamda elektr stansiyalaridan chiqadigan tutunlarni sabab qilib keltirishmoqda.

    Boshqa yangiliklar