Isroil armiyasi G`azo sektoriga uyushtirgan hujumlari chog`ida yana ikki jurnalistni o`ldirdi.
G`azo hukumati matbuot byurosi tomonidan e`lon qilingan yozma bayonotda, jurnalistlar Ela Hasan al-Hims va Engham Ahmed Advanning G`azo sektoridagi Rafah va Jabaliya shaharlariga Isroil qo`shinlari tomonidan uyushtirgan hujumlarida halok bo`lgani bildirildi.
Bu bilan 7 oktyabrdan beri G`azoda Isroil tomonidan o`ldirilgan jurnalistlar soni 126 nafarga etdi.
Media byurosining avvalgi bayonotida Isroil “falastinliklarning ovozini o`chirish, faktlarni yashirish, mintaqa va xalqaro jamoatchilikka xabar va ma`lumotlar etib borishiga yo`l qo`ymaslik uchun” G`azoda jurnalistlarni ataylab o`ldirayotgani ta`kidlangan.
2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroilning G`azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida 28340 nafar falastinlik, jumladan, kamida 12 ming bola va 8190 nafar ayol halok bo`ldi, 67984 nafar falastinlik yaralandi.






