AsosiyJamiyat

Sho`rtangaz Sho`rtan gaz kimyo majmuasiga ishga kirish 1 500 AQSh dollar dollar

'Sho`rtangaz Sho`rtan gaz kimyo majmuasiga ishga kirish 1 500 AQSh dollar dollar'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Navoiy viloyati va Qarshi shahar bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda ishga va o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi.

Fuqaro D.N. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “Sho`rtangaz kimyo majmuasi” MChJning qurilish va ta`mirlash boshqarmasiga ishga kirtib qo`yishi evaziga 1 500 AQSh dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shu kabi, Departamentning Navoiy shahar bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda “Ch.C.” MChJ rahbari U.K. fuqaro N.A.ni Qarshi shahar Axborot texnologiyalari va menejment universitetiga o`qishga kiritib qo`yishi evaziga 12 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar