Shavkat Mirziyoev Vengriyaning eng yirik “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi.
Uchrashuvda bank-moliya sohasidagi, shu jumladan “OTP” guruhiga davlatning “Ipoteka-bank”dagi ulushini sotish bo`yicha bitim doirasidagi hamkorlikning ijobiy sur`ati mamnuniyat bilan qayd etildi.
Vengriyaning etakchi kompaniyalari bilan, shu jumladan Toshkent viloyatida ular uchun tashkil etilayotgan maxsus iqtisodiy zona negizida qishloq xo`jaligi, vinochilik, irrigasiya, kimyo, farmasevtika va sanoatning boshqa tarmoqlarida kooperasiyani yanada chuqurlashtirish masalalari ko`rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida “OTP” banki boshqaruvi raisi O`zbekiston prezidentiga uning faoliyatiga berilgan yuksak e`tirof hamda o`ziga davlat mukofoti – “Do`stlik” ordeni topshirilgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.






