AsosiyDunyo

Shimoliy Koreya yana qanotli raketalarni uchirdi

'Shimoliy Koreya yana qanotli raketalarni uchirdi'ning rasmi

Shimoliy Koreya o`zining sharqiy qirg`og`idan bir nechta qanotli raketalarni uchirdi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo`mitasiga tayanib.

“Bizning harbiylar Shimoliy Koreya provokasiyalarining qo`shimcha belgilarini kuzatish uchun Qo`shma Shtatlar bilan yaqin hamkorlikda kuzatuv va hushyorlikni oshirmoqda”, — deyiladi agentlik bayonotida.

Hisobotda aytilishicha, raketalar sharqiy sohildagi Vonsandan shimoli-sharqda bugun, ertalab soat 9:00 atrofida uchirilgan.

Raketalar soni haqida xabar berilmagan. Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, qanotli raketalarning joriy uchirilishi joriy yil boshidan beri beshinchi bo`ldi.

 

    Boshqa yangiliklar