Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi «Yuvest tog`» fermer xo`jaligi dala maydoni chetiga ihota maqsadida ekilgan 42 tup o`sishdan to`xtamagan qayrag`och daraxtlari kesib ketilgan.
Viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi boshqarmasi ma`lumotiga ko`ra, daraxtlar joriy yilning 11 yanvarida mazkur fermer xo`jaligining ish yurituvchisi 1988 yilda tug`ilgan J.J ismli fuqaro tomonidan kesib olingan.
«Hukumatning 2022 yil, 22 avgustdagi 464-sonli qarorining 4-ilovasiga asosan qayrag`och daraxtlarining noqonuniy kesilishi natijasida o`simlik dunyosiga 224 mln 400 ming miqdorida zarar etkazilgan.
Paxtakor tumani prokuraturasi fuqaro J.J. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atdi. Tergov ishlari davom etmoqda», – deyiladi rasmiy xabarda.






