AsosiyDunyo

Ilon Maskning onasi O`zbekistonga keladi

'Ilon Maskning onasi O`zbekistonga keladi'ning rasmi

Taniqli milliarder, Space X kompaniyasi asoschisi Ilon Maskning onasi Mey Mask 27 fevral kuni O`zbekistonga kelishi kutilmoqda. Bu haqida Zamon.uz xabar berdi.

U Toshkentda joylashgan Central Asian Expo ko`rgazma markazida chiqish qilishi rejalashtirilgan. Mazkur marosim chiptalari allaqachon sotuvga chiqarilgan.

Mey Mask — kanadalik va janubiy afrikalik model hamda “Rejali ayol” kitobining muallifi hisoblanadi.

Ilon Maskdan tashqari, Mey Maskning yana ikki nafar farzandi bor: bir o`g`il va bir qiz. O`g`li — Kimbala Mask restoranlar tarmog`iga ega. Qizi Toski Mask esa Golivudda rejissyor va prodyuser sifatida faoliyat yuritadi.

    Boshqa yangiliklar