AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir va qor yog`adi

'Ertaga O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir va qor yog`adi'ning rasmi

"O`zgidromet" 16 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va ertalab 9-11° iliq bo`ladi, kunduzi 2-4° iliqqacha pasayadi.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, Ustyurtda 15-18° sovuqqacha, kunduzi 3-8° sovuq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 7-12° iliq bo`ladi, kunduzi 2-5° iliqqacha pasayadi; cho`l hududlarda kechasi va kunduzi 2-7° sovuq bo`ladi.

TOShKENT, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, kechga tomon qorga aylanishi mumkin) bo`ladi, ayrim joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 7-12° iliq bo`ladi, kunduzi 2-5° iliqqacha pasayadi.

SAMARQAND VILOYaTI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VILOYaTI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.

SURXONDARYo VILOYaTI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 18-23° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, kunning ikkinchi yarmida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 2-7° iliq bo`ladi, kunduzi 0-5° sovuqqacha pasayadi.

    Boshqa yangiliklar