Joriy yilning 14 fevral kuni fuqaro Sh.O.(ayol) Farg`ona shahar Jo`ydam MFYda joylashgan ekin er maydoni chetidagi terak daraxtlarni kestirayotgan vaqtida, ushbu er maydoning sobik egasi fuqaro E.U. terak daraxtlari unga tegishli ekanligi xususida janjallashib ketishgan. Bu haqda Farg`ona viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Janjal davomida E.U. Sh.O.ning bosh qismiga tosh bilan urib, tan jarohati etkazgan. Ko`rsatilgan birinchi tez-tibbiy yordamga qaramasdan Sh.O. shifoxonada vafot etgan.
Tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko`ra, Sh.O.ning o`limiga bosh qismidan olgan og`ir tan jarohatlari sabab bo`lganligi ko`rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan E.U.ga nisbatan shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olingan.






