NATO mudofaa xarajatlari 2023 yilda rekord darajaga oshdi. Bu haqda Zamon.uz NATO bosh kotibining so`zida ihtibos keltirmoqda.
"O`tgan yili biz Evropadagi ittifoqchilar va Kanadada mudofaa xarajatlari 11 foizga oshganiga guvoh bo`ldik", — deya ma`lum qildi NATO bosh kotibi Ens Stoltenberg Bryusseldagi NATO mudofaa vazirlarining yig`ilishi arafasida.
Stoltenbergning so`zlariga ko`ra, 2024 yilda NATOning 31 a`zosidan 18 tasi yalpi ichki mahsulotining 2 foizini mudofaa xarajatlariga sarflash maqsadiga erishishi kutilmoqda.
"Bu yana bir rekord raqam. 2014 yilda NATOning faqat uchta davlati bu talabni bajargan", — dedi alyans bosh kotibi.
Shu bilan birga, Stoltenberg AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni alyansning kollektiv xavfsizligiga putur etkazayotganlikda tanqid qilib, NATO o`z a`zolarini himoya qilishga tayyorligi borasida “Moskvada tushunmovchilikka o`rin qoldirmaslik” kerakligini bildirdi.






