AsosiyJamiyat

Xorazmdan qadimiy qo`ng`iroqni xorijga olib chiqishga urinishdi

'Xorazmdan qadimiy qo`ng`iroqni xorijga olib chiqishga urinishdi'ning rasmi

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti va viloyat DXX xodimlari noyob tarixiy va madaniy boyliklarning respublikadan olib chiqishga bo`lgan urinishni fosh etishdi.  

Jumladan, bojxona posti orqali xorij davlatiga yo`l olgan fuqaro K.A.ning qo`l yuki belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazilganda, nazorat-rentgen apparatida shubhali tasvirlar aks etdi. Shundan so`ng, ushbu qo`l sumkasi xolislar ishtirokida va belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi.

Natijada, bojxona nazoratidan yashirilgan, og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan, O`zbekiston Respublikasidan olib chiqish ta`qiqlangan qadimiy hisoblangan sariq metalldan yasalgan 1 dona qo`ng`iroq borligi aniqlandi.

O`tkazilgan badiiy ekspertiza xulosasiga ko`ra, bronzadan yasalgan qo`ng`iroq XIX asrning II yarmida Evropa davlatlarida yasalganligi ma`lum bo`ldi. Hozirgi kunda mazkur madaniy boylik “Ichan-qal`a” Davlat muzey qo`riqxonasiga topshirildi.

Ma`lumot uchun: O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to`g`risida”gi Qonuni hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 23 martdagi “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to`g`risida”gi Nizom talablariga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni O`zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish mumkin emas.

    Boshqa yangiliklar