“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ayrim joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat ertalab 7-12° iliq bo`ladi, kunduzi 0-3° iliqqacha pasayadi, shimolda 3-8° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, kunning ikkinchi yarmida qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat ertalab 9-11° iliq bo`ladi, kunduzi 0-2° iliqqacha pasayadi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat ertalab 2-7° iliq bo`ladi, kunduzi 0-5° sovuqqacha pasayadi.






