AsosiyJamiyat

Bugundan o`zbekistonliklar BAAga vizasiz borishlari mumkin

'Bugundan o`zbekistonliklar BAAga vizasiz borishlari mumkin'ning rasmi

Joriy yilning 16 yanvar kuni Abu-Dabi shahrida O`zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Hukumati o`rtasida kirish viza talablaridan o`zaro ozod etish to`g`risidagi hamkorlik bayonnomasi imzolangan edi. Ushbu hujjat bugundan kuchga kirdi.

O`zbekiston elchisi Abdulaziz Akqulov va BAA tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Xolid Abdulla Belxul tomonidan imzolangan hujjatga ko`ra, endi O`zbekiston fuqarolari 30 kundan oshmagan muddatda BAA hududida bo`lishi davrida viza talablaridan ozod etiladi.

Ma`lumot uchun:  2023 yil davomida BAAga 119 ming 454 nafar O`zbekiston fuqarolari tashrif buyurgan va 9,2 mln. AQSh dollari miqdorida viza rasmiylashtirish uchun sarf qilgan.

    Boshqa yangiliklar