AsosiyJamiyat

Qozog`istonda 64 nafar o`zbekistonlik yo`lda qolib ketdi

'Qozog`istonda 64 nafar o`zbekistonlik yo`lda qolib ketdi'ning rasmi

Aqmola viloyatida yo`lda qolib ketgan 64 nafar o`zbekistonlik yo`lovchilar evakuasiya qilindi, ulardan 17 nafari bolalar. 

Viloyat Favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmati xabariga ko`ra, 15 fevral kuni “Astana-Chelyabinsk” yo`nalishida harakatlanayotgan yo`lovchi avtobusi «Jaqsi-Esil-Buziliq» yo`lidagi Jaqsi qishlog`i yaqinida buzilib qolgan.

“Jaqsi tumani qutqaruvchilari Ayaz Maqashev va Saylaubek Qazjimuratov zudlik bilan chaqiruv joyiga etib borishdi. Ular buzilgan avtobusda bo`lgan 64 nafar yo`lovchini (shundan 17 nafari bola) Jaqsi qishlog`idagi 1-sonli o`rta maktabda joylashgan isinish joyiga olib ketishdi. Yo`lovchilar tibbiy yordamga muhtoj bo`lmagan”, – deyiladi agentlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar