AsosiyJamiyat

Sovuq butun respublikani qamrab oladi

'Sovuq butun respublikani qamrab oladi'ning rasmi

“O`zgidromet” dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun sovuq havo massalari respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. Kun davomida hududning katta qismida harorat 0-5 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda, shimolda harorat 3-8 daraja sovuq atrofida bo`ladi.

Shanba va yakshanba kunlari kechalari harorat 3-8 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq atrofida, ba`zi joylarda 5o iliqqacha bo`ladi. Shimolda harorat kechalari 11-16 daraja sovuq, 3-8 daraja sovuq bo`ladi.

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida bugun kunduzi yomg`ir ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi, yomg`ir qorga aylanadi. Dam olish kunlari Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida asosan qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi.

Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog`adi, 16 fevralda ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor.

Respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.

Poytaxtda: bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Dam olish kunlari yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Bugun kunduzi harorat 0-3 daraja iliq, shanba va yakshanba kunlari kechalari 3-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 1 daraja sovuq-2 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar