AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklarda elektromobillarga qiziqish pasaya boshladi

'O`zbekistonliklarda elektromobillarga qiziqish pasaya boshladi'ning rasmi

Joriy yilning yanvar oyida engil elektromobillar savdosi 3,3 mingta avtomobilni tashkil etdi. Bu oldingi oyga nisbatan 7,8 foizga kamroq.

"O`zbekistonda elektromobillarga qiziqish pasaya boshladi. Elektromobillar savdosining eng katta pasayishi Samarqand, Xorazm va Navoiy viloyatlarida qayd etildi", – deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma`lumotida.

Yillik hisobda esa elektromobillar savdosi 7,7 barobarga oshgan.

Markaz ma`lumotiga ko`ra, bir oy davomida barcha avtotransport vositalarining sotilishi 8 foizga oshib, 144,5 ming donani tashkil etdi (o`tgan yilning yanvariga nisbatan 14 foiz o`sish).

Engil avtomobillar sotuvi yil boshidan buyon 128 mingtani tashkil qilgan (o`tgan oyga nisbatan 6 foiz ko`p). Bu boradagi savdolarning eng yuqori o`sish sur`atlari Navoiy, Farg`ona va Buxoro viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, engil avtomobillar bozori yillik o`lchovda 8 foizdan oshdi.

Shuningdek, sotuvlar:

  • birlamchi avtomobil bozorida 1,4 foizga (yil davomida 22 foizga);
  • ikkilamchi avtomobil bozorida 7,6 foizga (yil davomida 4,4 foizga) o`sgan.

Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillarning birlamchi bozori qariyb 1 foizga o`sdi, bir oy davomida 28 ming dona avtomobil sotildi. Yillik o`lchovda avtomobil bozorining ushbu segmenti 20 foizga o`sdi.

Xorijda ishlab chiqarilgan yangi engil avtomobillar savdosi esa hisobot davrida 5,7 foizga o`sdi va 3,47 mingta avtomobilni tashkil etdi. Yil davomida xorijiy avtomobil bozorida sotuvlar 37 foizdan oshdi.

    Boshqa yangiliklar