AsosiyJamiyat

Andijonda 400 ming aholini kambag`allikdan olib chiqiladi

'Andijonda 400 ming aholini kambag`allikdan olib chiqiladi'ning rasmi

Xonobod tumanida prezident raisligida bo`lib o`tayotgan yig`ilishda “Xonobod-Andijon” markaziy suv quvuri ikkinchi tarmog`ini qurishni jadallashtirish, 8 ta tumanda ichimlik suvi ta`minotini yaxshilashga xalqaro hamkorlarni jalb qilish muhimligi qayd etildi.

Andijon tumanida organik chiqindidan 100 ming tonna o`g`it chiqaradigan zavod qurilishi, Asakada chiqindini qayta ishlab, yiliga 2 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilishi belgilandi. Shuningdek, 1 ming 760 ta quduq atrofidagi bo`sh erlarga 50 megavattli quyosh panellari o`rnatib, ichimlik suvi tannarxini pasaytirish taklifi ma`qullandi.

Viloyatda ishsizlik 9,1 foizdan 7 foizga tushdi. Aholining tadbirkorlikdan olayotgan daromadi 1,5 baravarga oshgan. Davlat rahbari bu ko`rsatkichlar hali etarli emasligini, yana 400 ming aholini kambag`allikdan olib chiqish zarurligini ta`kidladi. Yangi reyting bo`yicha Andijondagi bor-yo`g`i 461 nafar tadbirkor yuqori baholangani, aholini tadbirkorlikka jalb qilish sustligi ko`rsatib o`tildi.

Mutasaddilarga 335 ming aholini ishli qilish, tadbirkorlik loyihalariga 8 trillion so`m kredit berish, aholini kichik biznesga keng jalb qilish orqali Xo`jaobod, Shahrixon, Buloqboshi tumanlarida kambag`allikdan xoli hududga aylantirish namunasini yaratish topshirildi.

Andijonda 225 ming aholi o`zini o`zi band qilgan. Moliyaviy ko`mak berilgani natijasida 45 mingi tadbirkorga aylandi. Shu munosabat bilan 200 milliard so`m resurs ajratib, o`zini o`zi band qilgan yana 40 ming aholi tadbirkorga aylanishiga ko`maklashish topshirildi.  

Viloyatning 16 ta tumani va shahrida kamida bittadan mikrokredit tashkilotini ochib, 30 ming aholi va tadbirkorga moliyaviy xizmat ko`rsatishni yo`lga qo`yish muhimligi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar