AsosiyJamiyat

Jizzaxda ham ichimlik suv narxi oshiriladi

'Jizzaxda ham ichimlik suv narxi oshiriladi'ning rasmi

Jizzax viloyatida 1 martdan ichimlik suvi ta`minoti va oqova suv xizmatlari narxlari aholi uchun 4000 so`mgacha oshirilmoqda. Chiqindi xizmati narxi esa aholi uchun 6000 so`mgacha ko`tarilmoqda. Bu haqda Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan qaror qabul qilindi.

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi tomonidan 2024 yil 15 fevralda Jizzax viloyatida ichimlik suvi ta`minoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar (narxlar) tasdiqlandi.

Unga ko`ra 2024 yilning 1 mart sanasidan quyidagi belgilangan tariflar amalda qo`llaniladi (taklif etilayotgan narxlar QQS siz hisoblangan):

Ichimlik suvi:

  • Aholi uchun (1 m3) — 4000 so`m;
  • byudjet tashkilotlari uchun (1 m3) — 6000 so`m;
  • ulgurji iste`molchilar uchun (1 m3) — 6000 so`m.

Oqova suv xizmati:

  • Aholi uchun (1 m3) — 1700 so`m;
  • byudjet tashkilotlari uchun (1 m3) — 2500 so`m;
  • ulgurji iste`molchilar uchun (1 m3) — 2500 so`m.

Shuningdek, Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi qarori bilan chiqindini olib chiqib ketish xizmatlari narxi esa quyidagicha oshirilmoqda:

  • Aholiga bir oy uchun bir odam boshiga — 6000 so`m;
  • xo`jalik sub`ektlariga (1 m3) — 60 000 so`m;
  • xo`jalik sub`ektlariga (1 tonna uchun) — 135 420 so`m;
  • Chiqindi poligoniga chiqindi joylashtirish — 11 865 so`m.

    Boshqa yangiliklar