AsosiyDunyo

Aleksey Navalniy qamoqxonada vafot etdi

'Aleksey Navalniy qamoqxonada vafot etdi'ning rasmi

Rossiya muxolifati etakchisi Aleksey Navalniy qamoqxonada vafot etdi.

Rossiya muxolifati etakchisi Aleksey Navalniy qamoqxonada vafot etdi. Bu haqda Yamalo-Nenesk avtonom okrugi Jazoni ijro etish federal boshqarmasi xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, Navalniy sayrdan keyin o`zini yomon his qilib, hushini yo`qotgan. Unga ko`rsatilgan birinchi yordam samara bermagan.

"2024 yil 16 fevral kuni 3-sonli axloq tuzatish koloniyasida mahkum Navalniy A.A. o`zini yomon his qildi, darhol hushini yo`qotdi. Zudlik bilan muassasa tibbiyot xodimlari etib keldi va tez tibbiy yordam brigadasi chaqirildi.

Ko`rsatilgan jonlantirish amaliyoti ijobiy samara bermadi, tez yordam vrachlari mahbusning o`limini qayd etdi», — deydi Jazoni ijro etish federal xizmati.

Siyosatchi o`limi haqidagi xabardan ko`p o`tmay uning o`limiga tromb ko`chishi sabab bo`lgani haqida ekspertiza xulosasi ham e`lon qilindi.

Ma`lumot uchun, Aleksey Navalniy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning eng ashaddiy tanqidchilaridan biri hisoblanardi. U 2018 yil mart oyida bo`lib o`tgan Rossiya prezidenti saylovlarida ishtirok etish niyatini e`lon qilgandi. Ammo, sudlangani sabab saylovda qatnasholmagan.

Navalniy 2023 yil 4 avgustda ekstremistik jamiyatni yaratish, ekstremistik faoliyatni moliyalashtirish va internetda ekstremizmga chaqirishda ayblanib, 19 yilga qamalgandi.

    Boshqa yangiliklar