AsosiyJamiyat

Toshkentda o`qituvchi o`quvchini boshini devorga urib jarohatladi (video)

'Toshkentda o`qituvchi o`quvchini boshini devorga urib jarohatladi (video)'ning rasmi

15 fevral kuni Bolalar ombudsmani kotibiyatiga ijtimoiy tarmoq orqali maktab o`quvchisi o`z o`qituvchisi tomonidan kaltaklanib, shifoxonada yotganligi aks etgan video kelib tushgan.

Aniqlanishicha, joriy yil 11 fevral kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 1-maktab o`qituvchisi A.S. 7-sinf o`quvchisi, 2010 yilda tug`ilgan M.S.ning boshini devorga bir necha bor qattiq urib, unga jarohat etkazgan.

Buning natijasida bola bosh qismi sohasidagi jarohatlar bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 109-moddasi 2-qismiga (qasddan badanga yengil shikast etkazish) asosan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar