“Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlashning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni bilan O`zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi va sog`lom ovqatlanishni ta`minlashning 2030 yilgacha mo`ljallangan strategiyasi tasdiqlandi.
️Oziq-ovqat xavfsizligi va sog`lom ovqatlanishni ta`minlash hamda aholining barcha qatlamlari sog`lom va faol hayot kechirishi uchun tabiiy, moliyaviy va moddiy resurslardan foydalanishning samarali iqtisodiy va ekologik boshqaruv tizimlarini joriy qilish Strategiyaning ustuvor yo`nalishlaridan biri etib belgilandi.
2025 yil yakunigacha oziq-ovqat xavfsizligi va iste`moli sohasida salohiyatni barqaror rivojlantirish, xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, boshqarish va monitoringini yuritish hamda xavf-xatarlar to`g`risida erta xabardor qilishni tashkil etish maqsadida yaxlit idoralararo Milliy axborot platformasi ishlab chiqiladi.
2025 yil 1 martgacha qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda ularning bozordagi narx-navolari to`g`risidagi doimiy, ishonchli va aniq ma`lumotlar bilan ta`minlaydigan “Elektron agrosanoat bozori” axborot tizimi ishga tushiriladi va Milliy axborot platformasi bilan integrasiyasi qilinadi.






