AsosiyDunyo

Germaniya Ukraina xavfsizligining kafiliga aylandi

'Germaniya Ukraina xavfsizligining kafiliga aylandi'ning rasmi

16 fevral kuni Germaniya kansleri Olaf Shols va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Berlinda Germaniya Kievga taqdim etishga tayyor bo`lgan xavfsizlik kafolatlari to`g`risidagi kelishuvni imzoladi.

Ukraina rahbari Germaniyaga Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etish uchun kelgan.

Bu haqda Germaniya kansleri ijtimoiy tarmoqdagi xabarida aytiladi.

"Bugun biz xavfsizlik bo`yicha uzoq muddatli majburiyatlarimiz to`g`risida shartnoma imzoladik - bu tarixiy qadam", deb yozadi Shols.

Siyosatchiga ko`ra, Germaniya Rossiya bilan urush sharoitida Ukrainani qo`llab-quvvatlashda davom etadi.

Ukraina prezidenti Evropaga safari doirasida Germaniyani kuzatib Fransiyaga boradi va u erda fransuz hamkasbi Emmanuel Makron bilan muzokaralar o`tkazadi. Zelenskiy Parij bilan xavfsizlik kafolatlari bo`yicha xuddi shunday shartnoma imzolashi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar