Toshkent shahrida yashovchi tadbirkor Sh. Sh. hamda Turin politexnika universiteti talabasi A. Yu. ham axborot tizimi orqali odamlarni "chuv" tushirish rejasini tuzgan.
Ular internet ijtimoiy tarmog`idan foydalanib, soxta “Agrobank mobile” zararli ilovasini yaratadi. Mazkur ilova orqali fuqarolarning plastik kartasidan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo`lgan. Dastur yordamida fuqaro A.N.ning plastik kartasidagi 47 million 235 ming so`m miqdoridagi pul mablag`ini birjada kriptovalyutaga almashtirgan holda mazkur mablag`larni yashirin ravishda talon-toroj qiladi.
Bundan tashqari, fuqaro O.J.ning kartasidagi 45 million 225 ming so`m so`m miqdoridagi pul mablag`larini ham kriptovalyutaga almashtirgan holda o`zlashtirib olgan.
Farg`ona viloyati IIB kiberxavfsizlik bo`limi xodimlari tomonidan mazkur holatlar bo`yicha tezkor texnik tadbirlar o`tkazilib, ikki firibgarning qilmishi fosh bo`ldi. Sudlanuvchilarga sud hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.






