Pentagon rasmiy vakili Rossiya shu vaqtgacha Ukraina urushiga qancha pul sarflagani haqida ma`lumot berdi. Bu haqda zamon.uz yozdi.
Malumotga ko`ra Rossiya 2022 yil fevral oyida boshlangan Ukraina urushiga 211 milliard dollar sarflagan. Pentagon vakili shuningdek, iqtisodiy o`sishdan mahrum bo`lgani va sanksiyalar nuqtai nazaridan, Ukraina mojarosi Rossiyaga 1,3 trillion dollarga tushganini da`vo qilmoqda.
O`tgan yilning noyabr oyida Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov 2024 yilda mamlakat mudofaa qobiliyatini ta`minlashga sarflanadigan umumiy xarajatlar deyarli 11 trillion rublni tashkil etishini aytgan edi. Shuningdek, u davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va "maxsus operasiya" (Rossiya rasmiylari Ukraina urushini shunday nomlaydi) ishtirokchilarini qo`llab-quvvatlash asosiy vazifa ekanini ta`kidladi.






