AsosiyJamiyat

Toshkent va Varshava o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlar yo`lga qo`yiladi

'Toshkent va Varshava o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlar yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Joriy yilning 13 mart sanasidan boshlab LOT Polish Airlines aviakompaniyasi tomonidan Varshava–Toshkent–Varshava havo qatnovi yo`lga qo`yiladi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar bermoqda

O`zbekiston elchixonasida bo`lib o`tgan tadbirda o`tgan yili O`zbekistonga tashrif buyurgan polshalik sayyohlar soni 8 mingtani tashkil etgani va ushbu ko`rsatgichni joriy yilda 25 mingga etkazish rejalashtirilgani qayd etildi.

Reyslar haftasiga uch marta: Varshavadan Toshkentga chorshanba, juma va yakshanba kunlari, Toshkentdan Varshavaga dushanba, payshanba va shanba kunlari Boeing 737 MAX 8 aircraft samolyotlarida amalga oshiriladi.

 

    Boshqa yangiliklar