AsosiyJamiyat

U bu xizmati uchun odamlardan “V” toifaga 3 million so`m, “V,S” toifaga 3,5 million so`m miqdorida pul olgan

'U bu xizmati uchun odamlardan “V” toifaga 3 million so`m, “V,S” toifaga 3,5 million so`m miqdorida pul olgan'ning rasmi

Toshkent viloyatida haydovchilik guvohnomasi tayyorlab berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Jizzax shahrida yashovchi B.Sh. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 3 million so`m miqdoridagi pul mablag`lari noma`lum shaxs tomonidan firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirilganini ma`lum qilgan. 

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo`linmalari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi 24 yoshli K.F. sodir etgani aniqlangan.

Unga ko`ra, K.F. jabrlanuvchi B.Sh.ga o`zini Telegramdagi “O`zbekiston” nomli guruh admini sifatida tanishtirib, unga haydovchilik guvohnomasi tayyorlab berishini aytgan. Buning uchun “V” toifaga 3 million so`m, “V,S” toifaga 3,5 million so`m miqdorida pul tashlab berishi lozimligini aytib, 3 million so`m miqdoridagi pulni oldindan o`zining foydalanuvida bo`lgan bank kartasiga o`tkazib olgan. 

Shundan so`ng u yozishmalarni o`chirib yuborib, fuqaroning qo`ng`iroqlariga javob bermay, “qora ro`yxat”ga kirgizib qo`ygan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, K.F.ning sodir qilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.

    Boshqa yangiliklar