AsosiyJamiyat

Xorazm MIBda yangi boshliq ish boshladi

'Xorazm MIBda yangi boshliq ish boshladi'ning rasmi

Jumanazar Jumaniyozov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.

J.Jumaniyozov 1981 yilda Xorazm viloyatida tug`ilgan, ma`lumoti oliy, huquqshunos. Mehnat faoliyati davomida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar, Xorazm hamda Toshkent viloyatlari boshqarmalarida inspektor, katta inspektor, bo`lim boshlig`i, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Mazkur tayinlovga qadar, u Byuroning Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig`i bo`lgan.

Unga qadar, 2020 yilning 17 noyabr oyidan buyon ushbu lavozimda Muxambetali Babataev ishlayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar