18 fevral kuni Toshkentda havo bulutli bo`ladi, ayrim joylarda qor yog`adi. Kechqurun va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo`ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berdi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-16, Xorazm viloyatida 6-11, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda qor yog`ishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, cho`l hududlarida kechasi 11-16, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda qor yog`adi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo bulutli bo`ladi, qor yog`adi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.
Surxondaryo viloyatida havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kuzatiladi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Xavfli qor uyumlari bo`lishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo`ladi.






