2024 yilning 1 yanvar holatiga respublikada jismoniy shaxslarga tegishli engil avtomobillar soni 3 759 045 tani tashkil etmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
2023 yil mobaynida jismoniy shaxslarga tegishli engil avtomobillar soni 362 525 taga oshgan.
Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli engil avtomobillar soni:
- Qoraqalpog`iston R. – 161 926 ta;
- Andijon viloyati – 271 885 ta;
- Buxoro viloyati – 241 855 ta;
- Jizzax viloyati – 109 657 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 297 305 ta;
- Navoiy viloyati – 109 274 ta;
- Namangan viloyati – 247 032 ta;
- Samarqand viloyati – 417 165 ta;
- Surxondaryo viloyati – 233 675 ta;
- Sirdaryo viloyati – 75 116 ta;
- Toshkent viloyati – 414 645 ta;
- Farg`ona viloyati – 354 858 ta;
- Xorazm viloyati – 226 721 ta;
- Toshkent shahri – 597 931 ta.






