Qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi. Qonun bilan “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to`g`risida”gi Konstitusiyaviy Qonuniga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra:
Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning o`zida Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo`lishi mumkin emasligi belgilandi.
Shuningdek, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Qonunchilik palatasining Spikeri bo`lishi mumkin emasligi belgilandi.
“O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a`zosining maqomi to`g`risida”gi Qonunga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, Deputatga va senatorga 36 ish kunidan iborat haq to`lanadigan har yilgi mehnat ta`tili beriladi. ( bundan qonunchilikda ko`proq muddatli ta`til nazarda tutilgan hollar mustasno)
“Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risida”gi Qonunga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, inson bilan davlat organlarining o`zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.






