AsosiyJamiyat

Prezident Rossiya hukumat raisi o`rinbosarini qabul qildi

'Prezident Rossiya hukumat raisi o`rinbosarini qabul qildi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev 19 fevral kuni Rossiya Federasiyasi Hukumati Raisining o`rinbosari – sanoat va savdo vaziri, Iqtisodiy hamkorlik bo`yicha Hukumatlararo qo`shma komissiya hamraisi Denis Manturov boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Muzokaralar avvalida Hukumat Raisi o`rinbosari Denis Manturov davlatimiz rahbariga Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

O`zbekiston Prezidentining 2023 yil 5-7 oktyabr kunlari Rossiyaga rasmiy tashrifi yakunida savdo-iqtisodiy hamkorlik  bo`yicha erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlarni amalga oshirish masalalari ko`rib chiqildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi o`tgan yil yakunlariga ko`ra 6,6 foizga oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Sanoat, energetika, transport, metallurgiya, kimyo, farmasevtika va boshqa tarmoqlarda qo`shma loyihalar amalga oshirilmoqda. 2023 yilda bo`lib o`tgan Hukumatlararo komissiya yig`ilishlari, hududlar, ta`lim va tibbiyot forumlarining samarali natijalari yuksak baholandi.

O`zaro savdoning o`sish sur`atlarini davom ettirish, kooperasiya loyihalarini, shu jumladan joriy yilning aprel oyida Toshkent shahrida uchinchi bor o`tkaziladigan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko`rgazmasi negizida yanada ilgari surish muhimligiga alohida e`tibor qaratildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar