Bugun, 20 fevral kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida 2 ta elektrobus va Cobalt rusumli avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Ma`lum qiilinishicha, soat 09:30 larda Yakkasaroy tumani KHAY ko`chasi sotuv ofisi qarshisida 1997 yilda tug`ilgan D.S. YUTONG rusumli elektrobusni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo`qotgan. Oqibatda yo`lning boshqa qismiga chiqib ketib, qarama-qarshi yo`nalishdan harakatlanib kelayotgan 1980 yilda tug`ilgan X.M boshqaruvida bo`lgan Cobalt rusumli avtoulov bilan to`qnashgan. So`ngra D.S. boshqaruvida bo`lgan YUTONG rusumli elektrobus 1986 yilda tug`ilgan A.A. boshqaruvida bo`lgan YUTONG rusumli elektrobus bilan to`qnashishi oqibatida YTH yuz bergan.
Ayni paytda D.S. boshqaruvida bo`lgan elektrobusning 2004 yilda tug`ilgan yo`lovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgani aytilmoqda.
"Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.