AsosiyJamiyat

Olmaliqdagi sexda sodir bo`lgan holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Olmaliqdagi sexda sodir bo`lgan holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Kecha, 20 fevral kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida ko`p qor yog`ishi va qattiq shamol tufayli “Enter Engineering” kompaniyasining metall tayyorlash sexidagi (AZMK-3) vaqtinchalik qurilmaning tom qismi qulashi natijasida texnogen vaziyat vujudga kelgan.

FVV matbuot xizmati xabariga ko`ra, hodisa natijasida uch nafar hindistonlik ishchilar voqea joyida vafot etgan, 29 nafari turli darajadagi tan jaroxatlari olganligi sababli shifoxonaga joylashtirilgan, ularga tibbiy yordam ko`rsatilmoqda. Jabrlangan fuqarolarning 4 nafariga shifoxonada zarur tibbiy yordam ko`rsatilib javob berilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, sodir bo`lgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.


 

    Boshqa yangiliklar