AsosiyJamiyat

Bo`kada yo`l qurilishidagi talon-torojlik holati fosh etildi

'Bo`kada yo`l qurilishidagi talon-torojlik holati fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo`ka tuman bo`limi tomonidan “Toshkent viloyati mintaqaviy yo`llarga buyurtmachi xizmati” DUKning murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “C.S.” MChJ rahbari B.A. va boshqalar buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan 3 ta MFY hududidagi ko`chalarini joriy ta`mirlashda shartnoma qiymatining 30 foizi miqdorida MChJga o`tkazib berilgan 373,5 mln so`mni qurilish ishlarini boshlamasdan o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar