O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning to`ng`ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoeva bugun, 22 fevral kuni ayrim vazirliklarning rahbariyatlari bilan uchrashdi. Bu haqda u o`zining ijtimoiy tarmolardagi sahifasida e`lon qildi.
Saida Mirziyoevaning ma`lum qilishicha, ushrashuvda sog`liqni saqlash va ta`lim sohalariga oid 2024 yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilingan.
"Biz Sog`liqni saqlash, Maktabgacha va maktab ta`limi, Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirliklari rahbariyatlari bilan uchrashuv o`tkazdik. Uchrashuvda sog`liqni saqlash va ta`lim sohalariga oid 2024 yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Ularning bajarilishini to`laqonli ta`minlash maqsadida tegishli ko`rsatmalar berildi. Joriy yil yakunida amaliy natijalar kutilmoqda", deb yozdi Mirziyoeva.