“Yosh kitobxon” tanlovi 2023 yilgi mavsumining respublika final bosqichi yakunlandi. Joriy yilning 15 fevral sanasidan boshlangan tanlovning final bosqichi 10-14, 15-19 va 20-30 yosh toifalari o`rtasida o`tkazildi.
Tanlovning 20-30 yosh toifasi bo`yicha final bosqichi g`oliblari bilan tanishing:
1-o`rin Solieva Gulxayo Mirzaakbar qizi 335,6 ball (Toshkent shahar) Cobalt avtomobili sohibi;
2-o`rin Abdrimova Feruza Azamatovna 330,4 ball (Qoraqalpog`iston Respublikasi) 50 mln so`m pul mukofoti sohibi;
3-o`rin Diyorova Fazilat Mamasaid qizi 314,3 ball (Surxondaryo viloyati) 30 mln so`m pul mukofoti sohibi;
Final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilar 10 mln so`mdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.






