“O`zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo`llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to`g`risida Prezident farmoni e`lon qilindi.
Unga ko`ra, 2024 yil 1 martdan Toshkent shahrida yuk tashish uchun mo`ljallangan, ruxsat etilgan to`la vazni 10 tonnadan yuqori bo`lgan N2, N3, O4 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarining harakati tig`iz vaqt oraliqlarida taqiqlanadi. Bunda, ushbu cheklovlar maxsus xizmat, shu jumladan, kommunal xo`jaligi, obodonlashtirish va O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yuk transporti vositalariga tatbiq etilmaslmaydi.
Shuningdek, 2030 yilga qadar Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida “EVRO – 5” va undan yuqori standartlariga muvofiq bo`lmagan avtomashinalar ekspluatasiyasi bosqichma-bosqich cheklansin.
Bundan tashqari, keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli ta`sirini kamaytirish uchun Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasini amalga oshirish to`g`risidagi taklifi ma`qullandi.
Bunda, binosi Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va boshqa xodimlari jamoat transportida ish joyiga kelishi orqali namuna ko`rsatishi belgilab qo`yildi.