AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida harakatlanib ketayotgan avtobus yonib ketdi (video)

'Toshkent viloyatida harakatlanib ketayotgan avtobus yonib ketdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus yonib ketgani aks etgan video tarqaldi. 

Holat bo`yicha “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati ma`lumot taqdim etdi.

Ma`lum qilinishicha, hodisa bugun, 26 fevral kuni “Toshshahartransxizmat” AJning “7-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan “Mercedes-Benz” rusumli  33-sonli avtobusda sodir bo`lgan.

Qayd etilishicha, ushbu avtobus 2013 yil ishlab chiqarilgan bo`lib, haydovchi A.A. boshqaruvidagi avtobus, Yuqorichirchiq tumani, Bardanko`l—Jumabozor—Qiziltog` yo`li bo`ylab harakatlanayotgan vaqtda, tormoz tizimida nosozlik kelib chiqqani sababli yong`in yuz bergan.

FVV Yong`in qutqaruv bo`linmasi tezkor guruhi chaqirilib, yong`in qisqa vaqtda bartaraf etilgan. Mazkur hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo`q.

Hozirda “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo`limi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar