"Toshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisi o`rinbosari-bosh muhandis J.Mannopov, Idoralararo tezkor shtab boshlig`i B.Mamenov, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari boshchiligida avtobus bilan sodir etilayotgan YTHlarga bag`ishlangan tezkor yig`ilish bo`lib o`tdi.
Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, avtobuslarning texnik holatiga mas`ul bo`lgan, ularning yo`nalishga chiqish oldi texnik ko`rigini talab darajasida bajarmay, o`z xizmat vazifasiga mas`uliyatsizlik bilan yondashgan xodimlarga keskin chora ko`rilib, 5 nafar mas`ul xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Shuningdek, yuqorida sanab o`tilgan favqulodda holatlarni oldini olish choralarini ko`rish, avtobuslarning texnik holatini birma-bir tekshiruvdan o`tkazish bo`yicha 8 ta avtobus saroylari mas`ul xodimlariga topshiriqlar berilib, xodimlarning mas`uliyati yanada kuchaytirildi.






