AsosiyJamiyat

Birjada sement, suyultirilgan gaz va shrot narxi pasaydi

'Birjada sement, suyultirilgan gaz va shrot narxi pasaydi'ning rasmi

O`tgan hafta davomida, ya`ni 19 – 25 fevral kunlari “O`zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 875,8 mlrd so`mlik tovarlar sotilgan bo`lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 26,2% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 63,1% birja savdolariga, qolgan 36,9% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to`g`ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 557,5 mlrd so`mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o`tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 200,2 mlrd so`mlik mablag`lari tejaldi.

Ko`rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 4 850 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 20,3 mlrd so`mni tashkil qildi.

Birja savdolari

Ko`rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 815,1 mlrd so`mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Sement

O`tgan haftada birja savdolari orqali 110 150,0 tonna sement sotildi. O`rtacha kunlik sotuv hajmlari 22 030,0 ming tonnani tashkil qildi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo`yicha shakllangan kunlik o`rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 565,4 ming so`mdan 506,7 ming so`mgacha pasaydi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 30 ta xaridor ishtirok etdi.

Suyultirilgan gaz

O`tgan hafta mobaynida birja savdolarida 8 286,0 tonna suyultirilgan gaz qo`yildi va uning 6 526,0 tonnasi, ya`ni 78,8% sotildi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 178 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo`yicha shakllangan kunlik o`rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 658,0 ming so`mdan 5 222,8 ming so`mgacha pasaygan.

Shrot

Birja savdolariga 16 786,0 tonna shrot qo`yildi va uning 5 583,0 tonnasi, ya`ni 33,3% qismi sotildi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 18 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda shrot bo`yicha shakllangan kunlik o`rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 031,3 ming so`mdan 3 861,2 ming so`mgacha pasaydi. Shrotning o`rtacha kunlik sotuv hajmi 1 117,0 tonnani tashkil qildi.

    Boshqa yangiliklar