AsosiyJamiyat

Toshkentdagi sexda sodir bo`lgan yong`inda 5 kishi qutqarildi

'Toshkentdagi sexda sodir bo`lgan yong`inda 5 kishi qutqarildi'ning rasmi

Bugun, 27 fevral kuni Chilonzor tumani, "Bekto`pi" MFY Diydor ko`chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi. 

Yong`inga soat 00:17 da  yong`in-qutqaruv ekipajlari etib borib, yong`in soat 01:29 da o`rab olingan va soat 05:52 da to`liq bartaraf etildi.

Yong`inni bartaraf etishga 18 ta asosiy, 2 ta maxsus yong`in-qutqaruv ekipaji va 5 ta suv tashuvchi yordamchi avtomobillar jalb etildi.

Yong`in-qutqaruvchilarning sa`y-harakatlari natijasida 5 nafar ishchi yong`indan qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

Yong`in oqibatida xalok bo`lganlar yo`q.

Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Voqea joyiga FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB boshlig`i va o`rinbosarlari, IIB, Prokuratura, “Hududgazta`minot” va SSB, tuman FVB rahbar va xodimlari chiqishgan.

    Boshqa yangiliklar