“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.
Poytaxtda kechga tomon biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Ertalab tuman tushishi mumikn. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.






