AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoeva “Web Summit Qatar 2024”da ishtirok etdi

'Saida Mirziyoeva “Web Summit Qatar 2024”da ishtirok etdi'ning rasmi

Qatarda texnologiyalar bo`yicha jahondagi eng yirik veb-sammit – “Web Summit Qatar 2024” bo`lib o`tdi. Prezident yordamchisi Saida Mirziyoeva sammitda ishtirok etdi. U bu haqda o`zining Telegram kanalida ma`lum qildi. 

"Investorlar, jurnalistlar, hamkorlar va boshqa ekspertlar so`nggi  innovasiyalar hamda texnologik trendlar, jumladan, sun`iy intellekt, moliyaviy texnologiyalar va barqaror o`sish masalalarini muhokama qildilar.

Texnologiyalar yordamida bugungi kunimiz, kelajagimiz jadal va muvaffaqiyatli rivojlanadi.  

Ammo barcha uchun porloq kelajakka erishishni istasak, hamkorlikdagi loyihalarni va global maqsadlar yo`lidagi sa`y-harakatlarni qo`llab-quvvatlamoq zarur", – dedi Mirziyoeva.

    Boshqa yangiliklar